23:54 / 22.10.2015
3168

OAV: Isroilda teraktlar tufayli uch hafta ichida 10 kishi halok bo‘ldi

Isroilda uch haftada teraktlar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 120 kishi jarohat oldi. Bu haqda Isroil televideniyesi mamlakatning tibbiy xizmatlariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

“Isroilda uch hafta ichida teraktlar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi kuchli jarohat oldi”, deb ma'lum qilmoqda televideniye. Bundan tashqari, 20 nafar isroillik o‘rtacha og‘irlikdagi, 89 kishi yengil jarohat olgan.

Isroil OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra, oktabr boshidan beri Quddus va Isroilning bir qator shaharlarida hamda Iordan daryosining G‘arbiy sohilida arab radikallari isroilliklarga 50 ga yaqin hujum uyushtirgan. To‘qnashuvlar va hujumlar oqibatida 50 falastinlik o‘ldirilgan, ulardan kamida yarmi hujumlar ishtirokchisi bo‘lgan.

Oktyabr boshidan Iordanning G‘arbiy sohili va Isroildagi to‘qnashuvlar oqibatida 5 mingdan ziyodroq falastinlik va 70 ga yaqin isroillik jarohat olgan, deb xabar berdi BMT Bosh assambleyasida BMT bosh kotib o‘rinbosari Yan Eliasson.

Top