Jahon | 12:24 / 22.10.2015
6069
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar: Alyaskadagi abadiy muzliklar 2070 yildayoq erishni boshlaydi

Yer sayyorasining shimoliy yarimsharidagi muzliklar kutilganidan ancha oldin erishni boshlashi aytildi. Bu haqda Yer muzliklarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro dastur rahbari, Alyaska universiteti professori Vladimir Romanovskiy ma'lum qilgan.

Global isish jarayoni davom etib, tuproqda metan moddalari ko‘p miqdorda hosil bo‘lishi bunga asosiy sabab sifatida keltirilgan.

Abadiy muzliklar Yer sayyorasi quruqlik qismining 25 foizini tashkil qiladi (Arktika, Antarktika, Sibir, Aop tog‘lari). Bu hududlarda 1500 metrgacha qalinlikdagi ulkan muzliklar mavjud.

21 asrda muzliklarning qalinligi yiliga o‘rtacha yarim metrdan bir metrgacha kamayib borayotgani aytilgan.

Romanovskiyning aytishicha, Alyaskadagi muzliklar 2070 yildan boshlab eriydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish