Jahon | 01:40 / 22.10.2015
6700
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Asadning Moskvada “tantanali ravishda” kutib olinishini tanqid qildi

AQSh Rossiya hukumatining Suriya prezidenti Bashar Asadni “tantanali ravishda” kutib olishga qaror qilganini tanqid qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Biz o‘z fuqarolariga qarshi kimyoviy qurolni ishlatgan Asadning “tantanali kutib olinishi”ni ruslarning Suriyadagi siyosiy o‘tish borasida aytgan maqsadlariga zid keladi, deb hisoblaymiz”, deb aytdi Oq uy rasmiy vakili Erik Shults.

Avvalroq Dmitriy Peskov Putin Asad bilan deyarli 3 soat suhbatlashganini ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish