13:19 / 22.10.2015
5260

O‘shlik erkak rafiqasini o‘ldirganini yong‘in bilan yashirishga harakat qildi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida istiqomat qiladigan erkak qotilligini yong‘in bilan yashirishga harakat qildi. Bu haqda huquq-tartibot organlari xabar berdi.

Aytilishicha, O‘zgan tumanining Mirzaki qishlog‘ida bir ayol vafot etgan. Uning eri non yopish paytida elektr plitasi portlab, ayol tok urishidan halok bo‘lganini aytgan. Ammo ayolning onasi militsiyaga ariza bilan murojaat qilgan.

Tergov paytida ma'lum bo‘lishicha, erkak ayolni kaltaklab, uning sog‘lig‘iga jiddiy jarohat yetkazgan, so‘ng bu faktni yashirishga harakat qilib, uni hammadan berkitib yurgan. Bir kuni u rafiqasining nafas olmay qolganini ko‘rib, qotillikni yong‘in sodir etish bilan yashirishga harakat qilgan.
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top