O‘zbekiston | 09:33 / 22.10.2015
3828
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston BMTga ayollar huquqlari ta'minlangani bo‘yicha hisobot beradi

O‘zbekiston BMTga mamlakatda ayollar huquqlarini tenglashtirishga qaratilgan xatti-harakatlar haqida bayonot beradi. Bu haqda BMT radiosi xabar qilgan.

O‘zbekiston hukumati oiladagi zo‘ravonlik holatlari bilan kurash choralarini ishlab chiqdi. Delegatsiyasi a'zolari BMTda ushbu qonunda ko‘zda tutilgan, ayol o‘z eri tomondidan zo‘rlanganda erning jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida hamda respublikada majburiy sterilizatsiyani bekor qilish, homiladan saqlanishning xavfsiz usullari va ko‘p nikohli oilalar sonining ko‘payishini oldini olish haqida aytib beradi.

Ayollar huquqlarini cheklashni to‘xtatish qo‘mitasi (CEDAW) respublika rahbariyatiga davlat muassasalarida va xususiy tashkilotlarda ayollarga lavozim berish borasida bir necha savollar berdi.

Oldinroq, ushbu tashkilot respublikadagi “eskicha tafakkur hamda ayol va erkaklar borasidagi chuqur ildiz otgan qolipli qarashlar”ga tashvishli munosobat bildirgandi. Qo‘mita hukumat ushbu yo‘nalishda qanday ishlar qilayotganligi bilan qiziqqan.

Kutilayotgan sessiyada Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish bo‘yicha ishlab chiqilgan Konventsiyaga amal qilinishi bo‘yicha 11 davlatdan hisobotlar qabul qilib olinadi. O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Livan, Liberiya, Madagaskar, Malavi, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Timor-Leshti va BAA mamlakatlari hisobot topshirishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish