Jahon | 11:11 / 22.10.2015
5017
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Suriyadagi aviazarbalar jadalligining sustlashganiga oydinlik kiritdi

Pentagon Amerika HHKning Suriyadagi IShID jangarilari pozitsiyalari bo‘ylab aviazarbalar berish jadalligining sustlashgani sababini ma'lum qildi. Mudofaa vazirligi vakili polkovnik Stiv Uorren vazirlik saytida harbiy uchuvchilar uchun mazkur arab davlatida kam nishonlar qolganini aytib o‘tdi.

Biz IShID jangarilarini qayerda ko‘rsak ularga hujum qilayapmiz. Iroqda nishonlar nisbatan ko‘proq edi”, - deya qayd etib o‘tdi Uorren jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifing chog‘ida. “Eng muhim harbiy operatsiyalar Iroqda o‘tkazilmoqda. Aynan o‘sha yerda havo kuchlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi”, - dedi polkovnik. Uning qo‘shimcha qilishicha, 20 oktabr kuni ehtimoliy nishonlar ko‘p edi va sakkiz marotaba zarbalar berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish