Jahon | 21:11 / 22.10.2015
11011
1 daqiqa o‘qiladi

Putin "Valday" klubi yig‘ilishiga yashil Lada Vesta avtomobilini minib keldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" klubining 12-yig‘ilishida ishtirok etish uchun klub hududiga «AvtoVAZ» kompaniyasining yangi mahsuloti bo‘lmish Lada Vesta mashinasini boshqarib kirib keldi.

Unga kompaniyaning bosh direktori Bu Anderson hamrohlik qilgan.

Rossiya matbuoti Putin bu bilan Lada Vesta avtomobilini yaxshigina reklama qilgani haqida yozishmoqda.

"Putin nega bunday, yashil rangdagi mashina tanladi? Rang chiroyli, lekin uning tanloviga mashinaning avtomatlashtirilgan boshqaruvga egaligi sabab bo‘lsa kerak", deb o‘z tvitterida yozgan jurnalist Dmitriy Smirnov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish