Jamiyat | 17:41 / 22.10.2015
11271
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda menejment instituti bir necha yildan buyon ruxsatnomasiz ishlab kelgani ma'lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida uch yil davomida hech qanday ruxsatnoma hujjatlarisiz faoliyat yuritib kelgan Menejment institutining talabalaridan biri ushbu ta'lim muassasasi bergan diplom bilan qayerga murojaat qilishini bilmay, “Darakchi” gazetasiga maktub yo‘lladi.

“2010-2013 yiddaoja Qashqadaryo viloyatidagi Menejment institutida tahsil olgan edim. Keyinroq bilsam, bu oliy o‘quv yurti davlat litsenziyasi – ruxsatnomasi bo‘lmagan institut ekan. Barcha xarajatlarim bekorga ketdi. Bu masalada endi qayerga murojaat qilishim kerak?”, - deb savol berdi buxorolik Saodat Hotamova.

Bu masalaga Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i B. Nazarov oydinlik kiritdi.

“Qashqadaryo viloyati iqtisodiyot va menejment instituti respublikamiz hududida ta'lim faoliyati bilan shug‘ullanish uchun vakolatli organdan tegishli ruxsat olmagan va akkreditatsiyalanmagan. Ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) berish vakolatiga ega emas. Shu sababli ushbu institut tomonidan berilgan diplomlar huquqiy asosga ega emas”, - ma'lum qildi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish