Jahon | 18:21 / 22.10.2015
3421
2 daqiqa o‘qiladi

Qilich bilan qurollangan shaxs Shvetsiyada maktabga bostirib kirdi

Shvetsiya g‘arbidagi Trollxettan shahrida qilichli erkak maktabga bostirib kirdi. Uning hujumidan besh kishi, jumladan, ikki o‘quvchi jarohat oldi. Jarohatlarning biri tez orada hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar bermoqda Reuters hukumat ma'lumotiga asoslangan holda.

Agentlikning qayd etishicha, aynan kimning hujum qurboni bo‘lgani hozircha noma'lum.

Ayrim ommaviy axborot vositalarining sog‘liqni saqlash sohasidagi amaldorlar ma'lumotiga asoslanib xabar berishicha, vafot etgan shaxs o‘qituvchi bo‘lgan. Shifoxona vakillari so‘zlariga ko‘ra, barcha jabrlanganlar o‘smir yoshda, bolalar emas. AP xabarida esa ularning yoshi 11 va 15 da ekani keltirilgan.

Hodisa bugun, 22 oktabr kunduzi bo‘lib o‘tgan. Politsiya maktab ichida qurollangan erkak yurgani haqida xabar oldi. Jinoyatchi niqobda bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining ma'lum qilishicha, u kafeteriya yaqinidan boshlab odamlarga hujum qilishni boshlagan. Shundan so‘ng maktabda sarosima boshlanib, o‘quvchilar va tashqariga tomon otilgan.

Jinoyatchini qurolsizlantirish uchun yetib kelgan politsiya xodimlari unga qarata o‘t ochishiga to‘g‘ri kelgan. Bosqinchi jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan. AR ma'lumotiga ko‘ra, uning ahvoli og‘ir.

VVS xabarida keltirilishicha, maktabda jami 400 nafarga yaqin o‘quvchi tahsil oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish