Jahon | 13:17 / 22.10.2015
4553
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston byudjyet kamomadini yopish uchun yana Rossiyaning yordamiga murojaat qiladi

Qirg‘iziston byudjyet kamomadini yopish uchun yana Rossiyaning yordamiga murojaat qiladi. Bu haqda moliya vazirining o‘rinbosari Almaz Baketayev matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning YeIIga kech qo‘shilishi va import hajmining tushishi iqtisodiyotga salbiy ta'sir o‘tkazgan. Shu bois byudjyetning ayrim talablari bajarilmay qolishi mumkin. Kamomadni to‘ldirish uchun moliya vazirligi byudjyetning xarajat qismini qayta ko‘rib chiqish va tashqi transferlarni jalb qilish ustida o‘ylamoqda.

“Biz Rossiyadan 30 mln dollarlik grant kelishini kutib turibmiz, u byudjyet kamomadini yopishga xizmat qiladi”, - dedi Baketayev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish