Qirg‘izistonda faqat ekstremistlarga mo‘ljallangan qamoqxona qurilmoqda. Bu haqda mamlakat hukumatining matbuot xizmati ma'lum qildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Abdirahmon Mamataliyev 19 oktabr kuni Chu viloyatiga tashrif buyurib, u yerda ketayotgan qurilish jarayoni bilan tanishdi. Amaldorlarning so‘zlariga qaraganda, bu hibsxona oddiy jinoyatchilarning ekstremistlar bilan aloqalar natijasida radikallashuvining oldini olishga qaratilgan.