Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda terroristlar koinotdan kuzatiladi
Ekstremist va terroristlarni qidirish, shuningdek, narkotik o‘simliklar yetishtirilishi mumkin bo‘lgan hududlarni monitoring qilish uchun Qozog‘iston sun'iy yo‘ldoshlaridan foydalanilishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston Investitsiyalar va taraqqiyot vazirligining Aerokosmika qo‘mitasi rahbari Meyrbek Moldabekov ma'lum qildi, deya xabar berdi IA Novosti-Kazaxstan.
22 oktabr kuni parlament majlisida ushbu o‘zgartishni o‘z ichiga olgan qonun loyihasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Hujjatga binoan, ayni paytda Qozog‘iston milliy kosmik infratuzilmalardan faol foydalanish bosqichiga chiqqan. Jumladan, «KazSat» aloqa va efirga uzatish kosmik tizimi, masofadan turib Yerni zondlab tekshirish, yuqori aniqlikdagi sun'iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi va kosmik uskunalar komplekslarini yig‘ish va sinovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
Qonun loyihasining asosiy g‘oyasi va maqsadi mudofaa va milliy xavfsizlik, tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda holatlarni monitoring qilish hamda ular haqda ogohlantirish, atrof-muhit, qishloq xo‘jaligi va boshqalar monitoringini olib borishda kosmik faoliyatdan foydalanishning qonuniy asoslarini ishlab chiqishdan iborat ekani aytilmoqda.
Alohida shaxslar ham kuzatiladi, albatta, juda qiyin, biroq agar terroristlar hajmi bir metrdan ziyod qandaydir vositalardan foydalansa, bizning sun'iy yo‘ldoshlar uni ko‘radi va tasvirga oladi. Uni tegishli organlar ma'lumotlarni tahlil qilib, u yerda nima bo‘layotganini bashorat qiladi”, - dedi Moldabekov.