Sport | 19:24 / 22.10.2015
2772
1 daqiqa o‘qiladi

Riberi jarohati qaytalanishi tufayli, mashg‘ulotni 17 daqiqadayoq tugatishga majbur bo‘ldi

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Frank Riberining safga qaytishi tobora kechikib bormoqda.

U tizzasidagi jarohatini yangilab olgan.

Xabar qilinishicha, Riberi yugurish mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan vaqtida, 17 daqiqadan keyin mashg‘ulotni davom ettira olmasdan, maydonni tark etishga majbur bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, futbolchi mart oyidan beri o‘yinlarda ishtirok etmayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish