Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada davlat xizmatchilarining nafaqaga chiqish yoshi uzaytiriladi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning qayd etishicha, davlat tashkilotida ishlaydiganlardan tashqari barcha rossiyaliklar ilgari qanday bo‘lsa, shunday ko‘rinishda nafaqaga chiqishadi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.
Mamlakat hukumati rahbarining qayd etishicha, ko‘rib chiqilayotgan yangi Qonun loyihasi davlat tashkilotlarida ishlovchilarning nafaqaga chiqish yoshini uzaytirishga qaratilgan.
Hozirda Rossiyada nafaqaga chiqish yoshi ayollar uchun 55, erkaklar uchun – 60 yoshni tashkil qiladi. Davlat xizmatchilari uchun nafaqaga chiqish yoshi 65 yoshgacha uzaytirilishi kutilmoqda.
Hukumat komissiyasi ko‘rib chiqayotgan qarorda 65 yoshda nafaqaga chiqadigan davlat xizmatchisi davlat tashkilotida 15 yoki 20 yillik ish stajiga ega bo‘lishi masalasi ham qo‘yilgan.