Jahon | 11:18 / 22.10.2015
6135
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya TIV: Oq Uyning Asad tashrifiga munosabatidan taassufdamiz

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning suriyalik hamkasbi Bashar Asad bilan muzokaralari siyosiy inqirozni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, Oq Uyning bu boradagi shubhalari taassufgagina sabab bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Rossiya TIV o‘rinbosari Sergey Ryabkov bayonot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, “Rossiya prezidentining SARda qonunan saylangan rahbar bilan ochiq-oydin suhbati siyosiy yechimlar topishda birinchi o‘rinli ahamiyat kasb etadi”.

“Vashington bizning mamlakatdagi vaziyatni yaxshilash borasida oliy darajada amalga oshirayotgan xatti-harakatlarimizga shubha bilan qarayotgani faqatgina taassufga sabab bo‘lishi mumkin”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish