Jahon | 20:23 / 22.10.2015
4581
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Rossiyaning Suriyadagi harakatlarini “o‘ta xavfli” deb atadi

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr o‘zining AQShlik, rossiyalik va turkiyalik hamkasblari bilan uchrashuvi oldidan Rossiyaning Suriyadagi harakatlari Bashar Asadning ketishi bilan tugashi mumkin bo‘lgan urushni uzaytirmoqda, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

“Biz Rossiyaning Suriyadagi aralashuvini juda xavfli deb hisoblaymiz, chunki u ixtilofni keskinlashtiradi”, deb aytdi al-Jubayr. Uning aytishicha, uning davlati buni Rossiyaga aniq tushuntirdi.

Al-Jubayr “Asad mamlakatning muvaqqat hukumatida qandaydir rol o‘ynashi mumkinmi?” degan savolga, vazir “uning roli Suriyani tark etishdan iborat”, deb aytdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni qiroli bilan telefonda gaplashib, u bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. Putin, jumladan, qirolga Basar Asadning Moskvaga tashrifi yakunlari bo‘yicha ma'lumot berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish