Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyadagi maktabga bostirib kirgan jinoyatchi vafot etdi
Shvetsiyaning Trollxettan shahridagi maktabga qilich bilan qurollangan holda bostirib kirgan erkak politsiya vakillari tomonidan qo‘lga olish chog‘ida olgan jarohati tufayli vafot etdi. Bu haqda Trollxettan politsiyasi vakili Tord Xaraldsson ma'lum qildi.
Avvalroq shved OAVi 22 oktabr kuni ertalab niqobli yosh yigit pichoqdan kattaroq o‘tkir tig‘li qurol bilan Shvetsiya g‘arbidagi Trollxettan shahrida joylashgan maktab oshxonasiga bostirib kirgani va to‘rt kishini jarohatlaganini ma'lum qilgan edi. Tan jarohati olishi natijasida bir o‘qituvchi va bir o‘smir hayotdan ko‘z yumdi.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, hujum qilgan shaxs 20 yoshda bo‘lgan. Jinoyatni nima maqsadda sodir etgani noma'lum.