09:30 / 22.10.2015
3258

Toshkentda China Southern Airlines aviakompaniyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

21 oktabr kuni Toshkent shahrida Xitoyning China Southern Airlines/CSAir aviakompaniyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. XXRning O‘zbekistondagi elchisi Sun Litszening ta'kidlashicha, O‘zbekiston aviabozorida Xitoy kompaniyalari erishgan yutuq ikki tomonlama aloqalarning mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.

“Xitoy Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalar davlatlari bilan Ipak yo‘li iqtisodiy kamari va dengiz Ipak yo‘lini yaratish yo‘lida jiddiy sa'y-harakatlar amalga oshirmoqda, - dedi u. – O‘zbekiston qadimgi Buyuk Ipak yo‘lining muhim halqasi sifatida bu loyihalarimizni amalga oshirishda beqiyos ahamiyat tutadi, bu esa turli yo‘nalishlarda O‘zbekiston va Xitoy aloqalarini rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlarni ochib beradi”.

Kompaniyaning marketing bo‘limi direktori Syuy Dzian O‘zbekiston hukumati va Xitoyning Toshkentdagi diplomatik korpusiga, shuningdek, o‘zbekistonlik hamkasblariga parvozlarni va umumiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdochilik bildirdi. U kompaniya laynerlari haftasiga 4 reysni amalga oshirib, O‘zbekiston va Xitoy shaharlarini bog‘layotganini eslatib o‘tdi.

Top