16:12 / 22.10.2015
5587

Toshkentdagi «Pushkin» bekati nomi o‘zgartirilmaydi

Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri «Pushkin» bekati nomi o‘zgartirilmaydi.

«Toshkent metropoliteni» DUK bosh muhandisi Baxtiyor G‘ulomovning Sputnik nashriga ma'lum qilishicha, shahar hokimligi hozirda bu masalani ko‘rib chiqmayapti.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, metro bekatlari nomini o‘zgartirish bo‘yicha maxsus komissiya ish olib boradi. Hozirda mazkur ishchi guruhdan iborat komissiya Pushkin nomidagi bekatni o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q. Hattoki bu masala umuman kun tartibiga ham kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Pushkin haykalining joyi o‘zgartirilishi munosabati bilan avgust oyining so‘nggida metro bekatining o‘zgartirilishi mumkinligi borasida xabarlar tarqatilgandi.

Ta'kidlab o‘tish joiz, oxirgi marta Toshkent metropolitenining Hamza bekati Novza nomiga o‘zgartirilgandi.

Ma'lumot o‘rnida qayd etish lozim, Toshkent metrosi 3ta yo‘ldan iborat 29ta bekatni o‘z ichiga oladi. Metroning umumiy uzunligi 39 kilometrni tashkil qiladi.

Top