Sport | 20:28 / 22.10.2015
3131
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA «Manchester Siti» muxlislarining YeChL madhiyasiga hurmatsizlik qilgani bo‘yicha ish ochdi

UYeFA «Manchester Siti»ga nisbatan intizomiy ish ochdi.

Bunga inglizlar jamoasi muxlislari YeChLning guruh bosqichidagi "Sevilya" bilan 3-tur o‘yini arafasida turnir madhiyasiga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo‘lishgani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Bu vaqtda maydonda bo‘lgan UYeFA vakili muxlislarning shovqin qilishganini o‘z hisobotida qayd etgan. "Manchester Siti" jamoasi bu holat uchun jazolanishi mumkin.

Bu ish 19 noyabrgacha ko‘rib chiqiladi.

Qayd etish kerakki, "shaharliklar"ning muxlislari bundan oldin ham shunday harakatlarni amalga oshirishgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish