Jahon | 10:43 / 22.10.2015
3323
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada AQSh atom aviatashuvchisi bortida yong‘in kelib chiqdi

AQShga tegishli “Ronald Reygan” atom aviatashuvchisi bortida yong‘in kelib chiqdi. U AQSh harbiy dengiz kuchlarining Tokio ko‘rfazidagi Yokosuka bazasida doimiy joylashtirilgan.

Olov 18 oktabr kuni kemaning omborxonalaridan birida boshlandi. Ikki soatdan so‘ng kema bortiga Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe kelishi kutilayotgan edi.
Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, yong‘in samolyotlardan birining bortidagi qisqa tutashuv oqibatida kelib chiqqan. U tezda o‘chirildi. Voqea joyida hech zarar ko‘rmadi.

18 oktabr kuni Sindzo Abe Yaponiyaning AQSh aviatashuvchisi bortiga chiqqan birinchi rahbari bo‘ldi. Bu tashrif Tokio va Vashington o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning mustahkamlanishining ramzi sifatida amalga oshirilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish