Jamiyat | 20:13 / 23.10.2015
13170
2 daqiqa o‘qiladi

19 yoshli Ayjan o‘z turmush o‘rtog‘i bilan sivilizatsiyadan uzoqda yashaydi. Ammo u hayotidan o‘ta mamnun va baxtli

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida yashovchi Ayjan Baybolot qizi bu yil 19 ga kiradi.
Bir yil oldin u o‘zining sevgan insoni Saparbekka turmushga chiqdi. Uning yoshi 31 da. Ular bir yildan buyon birga yashashadi. Ammo hali o‘rtalarida farzand yo‘q.

Ayjanning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i uning hayotidagi eng katta inson. Ular barcha savollarga birga javob izlashadi, bir-birlarini baxtli qilishga harakat qilishadi, barcha marosim va to‘y-hashamlarga birga borishadi va oilaning kelgusidagi rejalarini ham birga tuzishadi.

Joriy yilning may oyida ular o‘z ishlarini rivojlantirish va chorvachilik bilan shug‘ullanish maqsadida Jyeti-Oguzsk tumanidan Ottuk degan joyga kelishdi. Ular yashayotgan joy shahar markazidan 200 km. ichkarida joylashgan.

U yerda na internet, na elektr chirog‘i va na mobilniy aloqa bor. Konteyner va vagon yashash joyiga aylantirilgan. Mana shularning bari 19 yoshli Ayjanning bor mol-mulki.

Saparbek deyarli har kuni o‘z otida hududni aylanib chiqadi. Yirtqich va noqonuniy ovchilardan uni himoya qiladi.
Elektr tarmog‘i yo‘q, biroq ular har ehtimolga qarshi quyosh batareyasi o‘rnatishgan. 

Yosh oilaning televizori generator yordamida ishlaydi.

Ayjan va Saparbekning kelgusidagi rejasi farzandli bo‘lish va unga yaxshi tarbiya berishdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish