Jahon | 22:55 / 23.10.2015
5516
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik o‘z ma'shuqasining uyini yoqib yubordi va uning tomida raqsga tushdi

Indiana shtatida yashovchi AQShlik fuqaro o‘z ixtiyori bilan mashinasini pachoqladi, ma'shuqasining uyiga o‘t qo‘yib yubordi va qo‘lida pichoq bilan yonayotgan uy tomida raqsga tushdi, deb xabar bermoqda The Daily Mail. Voqealar rivojini RTV6 telekanali muxbiri olgan videotasvirda ham ko‘rish mumkin.

Nashrning yozishicha 25 yoshli Mettyu Rass ma'shuqasining mashinasi kaltini o‘g‘irlab oladi va mashinani haydab simyog‘ochga borib uradi. Uy yonida o‘tirgancha, qo‘lida pichoq bilan politsiya kelishini kutadi. Politsiya kelganida esa, u uy ichiga qochib kiradi, uni yoqadi va tomga chiqib raqs tushishni boshlaydi.

Videotasvirdan ko‘rib shuni anglash mumkinki, nimadir sabab bo‘lib yigitning mazasi bo‘lmay qoladi. uni tomdan tushirishadi va tekshiruv uchun ruhiy xastalar shifoxonasiga jo‘natishadi.