Jahon | 09:38 / 23.10.2015
3918
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Asadning kurdlar bilan birlashishiga qarshi

AQSh hukumati Suriya hukumat qo‘shinlarining kurdlar bilan birlashib IShIDga qarshi kurashishiga qarshi chiqdi. Bu haqda Davlat Departamentining rasmiy vakili Mark Toner ma'lumot berdi.
“Biz har doim aytib kelganmiz, bizning fikrimizcha, Suriyadagi rejimga ishonib bo‘lmaydi va u IShIDga qarshi hech qanday koalitsiyalarda ishtirok eta olmaydi”, - ta'kidladi u.
Shuningdek, Toner Rossiya prezidenti Vladimir Putinning suriyalik hamkasbi Bashar Asad bilan uchrashuviga munosabat bildirar ekan, Putin Asadga bo‘lgan ta'siridan foydalanib uni xalqqa qattiqqo‘l munosabatda bo‘lmaslikda ko‘ndirganiga umid bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish