15:11 / 23.10.2015
8301

AQSh Rossiyaning tanqidiga munosabat bildirdi

AQSh ma'muriyati Rossiya prezidentining Sochidagi “Valday” klubidagi yig‘ilishida xalqaro terrorchilikka qarshi kurash borasida aytib o‘tgan tanqidiy fikrlariga qo‘shilmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Davlat Departamenti matbuot kotibi Mark Toner jurnalistlar uchun uyushtiriladigan kundalik brifing chog‘ida bayonot berdi.

“Biz o‘z yondashuvimizga sodiq bo‘lib qolamiz, bu xoh “al-Qoida”, xoh IShIDga qarshi kurash masalasi bo‘lsin”, - dedi u.
Toner nuqtai nazariga ko‘ra, Vashington u yerda o‘zi qurgan koalitsiyani “samarador deb hisoblaydi”.

Top