Jahon | 10:40 / 23.10.2015
3303
2 daqiqa o‘qiladi

Arab davlatlari BMT XKdan Falastinni xalqaro himoya ostiga olishni so‘radi

Arab davlatlari BMT Xavfsizlik kengashidan Falastinni Isroil okkupatsiyasidan himoya qilishga qaratilgan choralarni ko‘rishni so‘radi.
Xavfsizlik kengashidagi debatlarda so‘zga chiqqan Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Nabil al-Arabiy Falastin fuqarolari hayotining xalqaro himoya ostiga olinishi o‘ta muhim ekanini ta'kidlab o‘tdi.

“Bu biz qat'iy talab qilayotgan tinchlikning o‘rnatilishi uchun qulay muhit yaratilishiga xizmat qiladi”, - dedi u.
U BMTning 21 oktabrdagi 1920 yildan 1935 yilgacha Millatlar ligasi boshqaruvi ostida bo‘lgan Saar havzasidan boshlangan hududlarda xalqaro kuchlarni joylashtirishning barcha variantlaridan foydalanishni ko‘zda tutgan hisobotini iliq qarshi oldi. Nabil al-Arabiyning fikricha, mazkur hujjat hech qanday tavsiyalarni o‘z ichiga olmasdan, Isroil tomonidan zo‘rlik bilan bosib olingan hududlarda xalqaro kuchlar ishtirokida falastinliklar himoyasini ta'minlaydi.

Quddus shahri maqomini qo‘llab-quvvatlash uchun ehtimoliy qadamlarni belgilash to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, u mazkur vazifani 1940- yillar so‘ngidan buyon mavjud bo‘lgan Tinchlik shartlarining bajarilishi uchun kuzatuv olib borish bo‘yicha BMT tashkiloti zimmasiga yuklashni taklif qildi.

“Mazkur tuzilma hozir ham mavjud bo‘lib, u o‘z vazifalarini kengaytirish va ularning Quddusda amal qilinishida muhim rolni bajarish holatida”, - dedi ADL bosh kotibi.
Xavfsizlik kengashida falastinliklar hayotini himoya qilish va Isroil tajovuzkorligiga barham berish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rish chaqirig‘i bilan boshqa bir qator arab davlatlari ham chiqish qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish