17:41 / 23.10.2015
3493

Brent turidagi neft narxi 48 dollardan oshdi

23 oktabr kungi savdolarga ko‘ra neft narxida ko‘tarilish kuzatildi. Bunda Yevropa Markaziy bankining qo‘llab-quvvatlashi sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, kuchli dollar hamda bozordagi neftning ko‘pligi narxlarning past darajada bo‘lishini saqlab turibdi.

Shunday qilib, Brent turidagi neftning bir barreli London birjasida 0,29 (0,6 foiz) dollarga oshgan va 48,37 dollarni tashkil etgan.

WTI turidagi neft narxi esa Nyu-York tovar birjasi (NYMEX) savdolariga ko‘ra, 0,12 (0,26 foiz) dollarga ko‘tarilgan va 45,5 dollarni tashkil etgan.

Top