13:56 / 23.10.2015
11634

Britaniya razvedkasining Suriya inqiroziga SSSR reaksiyasi aks etgan bashoratlari oshkor etildi

Britaniya razvedkasi deyarli 60 yil muqaddam G‘arbning Damashqdagi hokimiyatni o‘zgartirishga intilishiga javoban SSSR Suriyaga kirishini bashorat qilgan ekan. Bu haqdagi hujjatlar, The Financial Times nashrining yozishicha, maxsus xizmatlar tomonidan yaqindagina oshkor qilingan.

O‘sha paytdagi bosh vazir Garold MakMillanga mo‘ljallangan hisobot 1957 yil sentabrida tuzilgan.

“Moskva Suriya rejimining ag‘darilishini o‘zi uchun Yaqin Sharqdagi jiddiy yo‘qotish deb baholashi shart... Sovetlarning reaksiyasi juda kuchli va qat'iy bo‘lishi kutilmoqda”, - deyiladi hujjatda.

Aytilishicha, bosh vazir, hisobot bilan tanishgach, uni tor doirada qo‘llashgagina ruxsat bergan. Ammo juma kuni bashorat omma diqqatiga havola etildi.

Top