Jamiyat | 16:01 / 23.10.2015
3860
2 daqiqa o‘qiladi

Bu yil Samarqand shahri issiqlik quvvati bilan ta'minlanadimi?

Samarqand shahridagi qish mavsumiga tayyorgarlik masalasi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ilgariroq shaharning ko‘pchilik mahallalarida gaz o‘chirilgani mahalliy jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayevga tayanilgan holda bayon etilgan edi.

STV telekanali vaziyatni oydinlashtirish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qildi. Aytilishicha, Samarqandning 50 foizini isitish “Issiqlik manbai” AJ tomonidan amalga oshiriladi. Joriy mavsumda 260 uyga issiqlik uzatish ko‘zda tutilgan. O‘tgan yil bu ko‘rsatkich 220 uyga teng edi.

Shuningdek, Gagarin ko‘chasi bo‘ylab joylashgan uylar isitilmasligi ta'kidlandi. AJ vakilining bayon qilishicha, markaziy quvurlar juda yomon ahvolda bo‘lib, ular 2016-2020 yillarda qayta tiklanib, issiqlik uzatish yana yo‘lga qo‘yiladi.
Registon atrofidagi, harbiy shaharcha, Mirzo Ulug‘bek va Spitamen ko‘chalaridagi uylar ham issiqlik bilan ta'minlanmaydi.

Shu bilan birga, AJ rahbari Abdurazzoq Haqqulov 4 yil ichida birinchi marta So‘g‘diyona tumanida issiqlik ta'minoti yana yo‘lga qo‘yilishini aytib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish