Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyaning Aero Trade kompaniyasi Farg‘ona aeroporti navigatsiya tizimini modernizatsiya qilmoqchi
Chexiyaning Aero Trade kompaniyasi Farg‘ona aeroportini modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda kompaniya texnik direktori Miroslav Krchga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri.
Krchning aytishicha, ayni paytda kompaniya Farg‘ona aeroporti navigatsiya tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha tenderda qatnashmoqda.
“Biz buyurtmachiga eng ilg‘or texnologiyalar va g‘oyalarni taqdim qilishga tayyormiz va to‘g‘ri tanlov qabul qilinadi, deb umid qilamiz. Biz bu yerda faoliyat doiramizni kengaytirishni va nafaqat fuqarolik aeroportlarini, balki harbiy aerodromlarni ham modernizatsiya qilishda ishtirok etishni istardik”, deb ta'kidlab o‘tdi kompaniya vakili.
Kompaniya vakilining ta'kidlashicha, Aero Trade O‘zbekistonga parvozlar xavfsizligi, havo transportini samarali boshqarish bo‘yicha yangi texnologiyalar, zamonaviy trenajyorlar va o‘quv-mashg‘ulot tizimlarini yetkazib berishga tayyor. Kompaniya, shuningdek, oddiy samolyotlar va uchuvchisiz parvoz qurilmalari uchun mo‘ljallangan kunduzgi va tungi kuzatuv aviaqurilmalari, atomatik videoyozuv asboblari, turli sensorlar va detektorlar yetkazib bera oladi. Kompaniya ko‘p yillardan beri O‘zbekistonga L-39 Albatros reaktiv mashg‘ulot samolyotlarini ekspluatatsiya qilishda texnik ko‘mak berib keladi, ya'ni ularga ehtiyot qismlar yetkazib beradi. Bugungi kunda O‘zbekiston armiyasi bu samolyotlarda mashg‘ulot parvozlarini amalga oshirib kelmoqda.
Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda Toshkent xalqaro aeroportidagi navigatsiya tizimini modernizatsiya qilish kabi bir qator loyihalarni amal oshirgan.
Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda kichik aviatsiyadagi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.