Jahon | 10:48 / 23.10.2015
3570
1 daqiqa o‘qiladi

YeKning BMTdagi vakili Bashar Asad IShIDga qarshi kurashda sherik bo‘la olmaydi, degan fikrda

Bashar Asad o‘zi yuritayotgan siyosat tufayli terroristik tuzilmalar, shu jumladan, IShIDga qarshi kurashda munosib sherik bo‘la olmaydi. Bunday fikrni Yevropa Kengashining BMTdagi delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari Yoannis Vrailas BMT Xavfsizlik kengashi majlisida bildirib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeK Suriya va Iroqda IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.
Uning ishonchiga ko‘ra, Suriya hukumati mojarolar vaqtida halok bo‘lgan 250 ming fuqaro o‘limi uchun asosiy javobgar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish