Jahon | 14:23 / 23.10.2015
2861
1 daqiqa o‘qiladi

Elchixona: AQSh Ukrainaga harbiy ko‘mak ko‘rsatishda davom etadi

AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan 2016 yilga mo‘ljallangan mudofaa byudjyetiga veto qo‘yilganiga qaramasdan, Ukrainaga Amerika tomonidan harbiy va boshqa yordamlarning ko‘rsatilishi davom etadi, deyiladi AQShning Ukrainadagi elchixonasi xabarida.

“Hattoki, 2016 yilga mo‘ljallangan byudjyet to‘g‘risidagi qonun tasdiqlanmagan taqdirda ham, Ukrainaga harbiy va boshqa yordamlar ko‘rsatiladi. Bunday holda uzaytirish rezolyutsiyasi deb nomlangan tartib ishga tushirilib, 2015 yilgi byudjyetdan qolib ketgan moliyaviy xarajatlar hajmi kelgusi yilga o‘tkaziladi”, - deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq esa AQSh prezidenti Barak Obama mamlakatning 2016 yildagi mudofaa byudjyetiga rasman veto qo‘ygani xabar qilingan edi. Mazkur qonun loyihasida, jumladan, Ukrainaga harbiy va razvedka sohasida 300 million dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish ham nazarda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish