17:35 / 23.10.2015
6038

Erondagi aeroportda o‘zbekistonliklarga vizalar taqdim etilmoqda

Eron hukumati xorijliklar uchun 30 kun davomida mamlakat hududida bo‘lishga ruxsat beruvchi viza rejimini joriy qilish bo‘yicha Qonun loyihasini qabul qildi, deb yozadi «Ekonomicheskoye obozreniye» nashri.

«Erondagi xalqaro aeroportda 30 kungacha amal qiladigan, yana 15 kungacha uzaytirish mumkin bo‘lgan vizalar taqdim etilmoqda», - deya Eron tashqi ishlar vazirligi xodimi Mo‘jtaba Karimidan iqtibos keltiradi ISNA axborot agentligi.

Eron matbuotida yozilishicha, yangi turdagi viza rejimi 58 mamlakat sayyohlari, jumladan O‘zbekiston, Rossiya, Shimoliy Koreya, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon, Armaniston, Kuba, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun amalda bo‘ladi.

Sayyohlar bir yil davomida bir necha marotaba bu turdagi vizalarga ega bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldingi rejimga ko‘ra, Eronda beriladigan viza 14 kundan oshishi mumkin emasdi.

Top