Jamiyat | 21:37 / 23.10.2015
20626
4 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Bu fotolarda zarracha fotoshop qo‘llanmagan

Atrofni go‘zallik o‘rab turadi.
Saytimizda 20ta sara fotosuratni taqdim qilamiz. Zarracha ham fotoshop qo‘llanmagan bu suratlar orqali Yerning haqiqiy va tabiiy go‘zalligidan bahra olish mumkin.

1. Yer ne'mati. Fotorassom Jon Allan Pedersonning nigohini o‘ziga qaratgan bu go‘sha allaqaysi vodiyning allaqaysi burchida joylashgan. Bu suratda ranglar jilosi kishini o‘ziga uzoq vaqt maftun etib tura oladi.

2. "Osmonda noma'lum to‘rtburchak jismlar". Ishoning, bu ham fotoshop emas.

3. Perfektsionistlar uchun xiyobon. (Shyonbrunn, Avstriya)
Bu nafaqat perfektsionistlar uchun, har qanday shaharda go‘zal manzara yaratish uchun daraxtlarni shunday tarzda, tartib va qunt bilan kallaklasa bo‘ladi.

4. Pekinliklar "eng tirband tirbandlik"ni hosil qilishdi.

5. Yana xitoyliklar.
Bo‘yoqlar chaplanib tashlangandek ko‘rinuvchi bu manzara aslida sholipoyalarning tungi ko‘rinishi. Bunday surat ishlash uchun faqat fotorassomning ozroq mahorati kerak bo‘ladi.

6. Xalqaro kosmik stansiya fazogiri baland-balandlarda turib, o‘zini plyajda his qilmoqda.

7. Daniyadagi shamol generatorlari. Ular qandaydir boshqa vazifa bajarish bilan birgalikda odamlarga go‘zallik ulashishadi.

8. Efiopiya va Eritreya chegarasida "Dallol" vulqoni. Bu vulqon, albatta ancha vaqtdan buyon uyquda...

9. Bu suratga ilkis nazar tashlagan kishi uning Eyfel minorasi ostidan turib obektivkaga muhrlanganini anglay olmaydi.

10. Portugaliyaning Nazar shahri aholisi jamoaviy bo‘lib, uch o‘lchamli film tomosha qilishmayapti. Bu to‘lqin ularning ko‘z o‘ngida ko‘tarilib kelmoqda va ular bu hodisani odatdagidek zavqlanib tomosha qilishmoqda.

11. Bunday noyob tabiat hodisasi vaqtida faqat ayollar yo‘lda to‘xtab, mashina ichidan chiqib, uni fotokameraga muhrlashni boshlashi mumkin.

12. Boyqush qo‘ziqorin ostida hordiq olmoqda. Bu fanga noma'lum qandaydir ulkan qo‘ziqorin bo‘lishi mumkin. Harholda fotoshop qo‘llanmagan.

13. Bu qurigan yaproq esa "qanotli ajdaho"dan kattaroq

14. Samolyot oynasidan kamalakni kuzatganda u aylana shaklida ko‘rinadi.

15. Bunday manzarani faqat kinolarda emas, hayotda ham ko‘rsa bo‘ladi. Masalan, Budapeshtda. Faqat buning uchun fotokamerani tayyorlab, uzoq vaqt kutish kerak.

16. Gongkongdagi kvartallardan biri. Gongkong kichik, aholisi esa katta.

17. Shveytsariyadagi muzli hovuz. Albatta, "hovuz" bu o‘rinda shartli nom. Axir odatiy hovuzlarda cho‘milsa va baliq ovlasa bo‘ladi.

18. Yukatan yarimorolidagi rejissyor flamingo flamingolarga flamingo suratini hosil qilishni ko‘rsatma qilgan lahza.

19. Suratga qarab, devoriy o‘yma naqsh haqida o‘ylamang. Namibiyadagi Namib sahrosi tepadan shunday ko‘rinadi.

20. Kiotodagi faqat bambuk daraxtlari o‘sadigan o‘rmon. Bu o‘rmondan sharq yakka kurashi janglari tasvirlanadigan kinolar uchun foydalansa bo‘ladi.