Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada yuz bergan fojiali YTH qurbonlari orasida xorijliklar ham bo‘lishi mumkin
Rossiyaning Parijdagi elchixonasi ayni vaqtda bugun Bordo shahri yaqinida ro‘y bergan halokatli yo‘l transport hodisasi tufayli jabrlanganlar orasida Rossiya fuqarolari bo‘lishi mumkinligi haqidagi ehtimolni ko‘rib chiqmoqda.
"Biz Fransiya IIVdan tegishli so‘rovimizga javob kutayapmiz. Hozircha hech qanday aniq ma'lumot berilmadi", deyiladi elchixona xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 23 oktabr kuni tongida Fransiyaning janubi-g‘arbidagi Akvitaniya viloyati, Jironda departamentining Pyuissigen shahrida halokatli yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi.
Bu hodisa ekskursiyaga ketayotgan pensionerlar mingan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi va yonib ketishi natijasida ro‘y bergan. Fojia qurbonlari soni 49 nafarni tashkil etgan, yana 8 kishi avtobusdan chiqishga hamda yong‘indan qutulib qolishga ulgurgan.