Sport | 22:18 / 23.10.2015
3456
1 daqiqa o‘qiladi

Fyodor Yemelyanenko Monakodagi musobaqada ishtirok etmaydi

Rossiyaning afsonaviy sportchisi Fyodor Yemelyanenko Monakoda bo‘lib o‘tadigan sambo va dzyudo masterlarining xalqaro turnirida ishtirok etmaydi. Bu haqda uning treneri Vladimir Voronov TASSga ma'lum qilgan.

Avvalroq uning ushub musobaqada ishtirok etishi haqida ma'lum qilingan edi.

“Fyodor mashq qilyapti, uning sog‘lig‘i joyida. Shunchaki u 31 dekabrda bo‘lib o‘tadigan jangga qadar hech qanday musobaqada ishtirok etmaydi”, - deb ta'kidlagan Voronov.
Yemelyanenkoning joriy yildagi birinchi jangi 31 dekabr kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tadi, ammo raqibi kim bo‘lishi hozircha noma'lum.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish