00:38 / 23.10.2015
3990

Iroqda AQSh harbiylari IShIDning 5 nafar a'zosini asirga oldi

IShIDning 5 nafar jangarisi AQSh maxsus kuchlari tomonidan Iroq shimolida asirlikda ushlab turilgan 10 kishini ozod qilish bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiya davomida qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Pentagon vakilining aytishicha, qutqaruv operatsiyasi IShID bandilarni “ommaviy tarzda muqarrar qatl qilmoqchi bo‘layotgani” haqida ma'lumot paydo bo‘lgandan keyin boshlangan.

Vakilning aytishicha, terrorchilik guruhining 5 nafar a'zosi qo‘lga olingan, biroq u yo‘q qilingan jangarilarning aniq sonini aytmagan. Pentagonda, shuningdek, operatsiya davomida AQShlik harbiy halok bo‘lgani ma'lum qilindi.

Top