23:52 / 23.10.2015
7916

Isroilliklar “Temir nur” deb nomlangan jangovor lazer tizimini namoyish qildi

Isroilning Rafael Advanced Defense System kompaniyasi Seuldagi ko‘rgazmada “Temir nur” deb nomlangan jangovor lazer tizimini namoyish qildi, deb xabar bermoqda Jane's 360 nashri.

Yangi majmua raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi va uchuvchisiz parvoz qurilmalariga qarshi kurashga qaratilgan variantlarda taqdim qilindi. Ko‘chma majmua tarkibiga radiolokatsion qurilma, boshqaruv punkti va”bir necha o‘n kilovatt” quvvatga ega ikkita lazer qurilmasi kiradi. Kompaniya xabariga ko‘ra, ularning quvvatini “bir necha yuz kilovattga” oshirish rejalashtirilmoqda.

Qurilma lazer nurlarini “tanga sirtiga” teng maydonga yo‘naltira oladi. “Temir nur”ning nishonga urish uzoqligi 2 kilometrga yaqinni tashkil qiladi. Ma'lum qilinishicha, qurilma muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazilgan. Qurilma buyurtmachining ehtiyojlariga ko‘ra istalgan shassiga o‘rnatilishi mumkin.

Avvalroq Britaniyada dronlarga qarshi “muzlatuvchi” nur yaratilgan edi.

Top