20:29 / 23.10.2015
9359

KUN.UZ dayjesti: 23 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 23 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Toshkent metrosida betmobilga o‘xshash poyezd paydo bo‘ladi>>

Toshkent metropoliteni poytaxt aholisi va mehmonlariga Yangi yil arafasida o‘ziga xos sovg‘a tayyorlamoqda – yo‘lovchilar uchun o‘ziga xos dizaynga ega tarkib ishga tushiriladi.

Qozog‘istonning eng ilg‘or cho‘poni qo‘y-qo‘zi nazoratida drondan foydalanmoqda>>

Qozog‘istonning Jambul viloyatida yashovchi cho‘pon Yerasil qo‘ylarini boshqarish va suruvni kuzatib turish uchun dronlardan foydalanib kelmoqda. Bu haqda mahalliy blogerlardan biri xabar qildi.

Tayvanlik ayol samolyot bortida ko‘zi yorigani uchun jarimaga tortiladi>>

Tayvan fuqarosi bo‘lgan ayol AQShga yo‘l olgan samolyot bortida ko‘zi yorigani uchun jarimaga tortiladi. Associated Press xabariga ko‘ra, uchuvchilar yangi tug‘ilgan go‘dak xavfsizligini ta'minlash maqsadida Alyaska aeroportlarining biriga havo kemasini qo‘ndirishga majbur bo‘ldi.

Devid Kemeron Si Tszinpinni pivoxo‘rlikka taklif etdi>>

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning Britaniyaga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Forbes eng ko‘p maosh oladigan qiziqchilar nomini e'lon qildi>>

Forbes nashri 2015 yildagi eng omadli komediya aktyorlari reytingini oshkor qildi. «Saynfeld» va «Saynfeld do‘stlari bilan kofe izlashda» teleseriallari orqali mashhur bo‘lgan amerikalik stendap-komik Jyerri Saynfeld mazkur ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan o‘rin egalladi.

Lionel Messi Ronaldu hamda argentinaliklar haqda gapirib o‘tdi>>

“Barselona” hujumchisi jarohatlari borasida bir qancha savollarga javob berib o‘tdi.

“Tuwunmadim, 6rtoq”dan “Sport ovqatlanish”gacha: ko‘cha yozuvlaridagi xatolar qachon tugaydi>>

21 oktabr kuni o‘zbek tiliga rasmiy maqom berilganining 26 yilligi nishonlandi.

Xitoylik 14 ming dollar evaziga Yelizaveta II karetasining nusxasini yasattirdi>>

Xitoyning Gansu viloyatida yashovchi kishi Buyuk Britaniya qirollik oilasiga tegishli muhtasham kareta ko‘rinishidagi ot-arava uchun 14 ming dollar sarfladi. Bu haqda Shanghaiist xabar bergan.

Dubayda 3D Ka'ba soatlarda namoyish etildi>>

Birlashgan arab amirliklarining Dubay shahrida mashhur soatsoz usta Kristof Klaret (Cristophe Claret)ning "lyuks" toifasidagi qimmatbaho soatlari namoyishga qo‘yildi.

Shvaynshtayger "fashistik qo‘g‘irchoq" yasashda o‘zidan nusxa olgan kompaniyani sudga berdi>>

«Manchester Yunayted» jamoasining germaniyalik futbolchisi Bastian Shvaynshtayger Gongkongdagi qo‘g‘irchoq ishlab chiqaruvchi kompaniyani sudga berdi. Bu kompaniya fashist askari Shvaynshtaygerning ko‘rinishini o‘zida umumlashtirgan qo‘g‘irchoq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani bunga sabab bo‘lgan. Bu haqda Guardian nashri xaba berdi.

Facebook ijtimoiy tarmoq bo‘yicha qidiruv ko‘lamini 2 trln xabargacha kengaytirdi>>

Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoq bo‘ylab qidiruv imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida ma'lum qildi. Endilikda qidiruv ko‘lami foydalanuvchilar tomonidan e'lon qilingan 2 trln xabarni qamrab oladi.

Instagram fotosuratlardan takrorlanuvchi video yaratuvchi Boomerang dasturini ishga tushirdi>>

Instagram ijtimoiy tarmog‘i video yaratish uchun mo‘ljallangan, Boomerang deb nomlangan o‘zining uchinchi chetki dasturini ishga tushirdi. Bu haqda TJ nashriga kompaniya vakili ma'lum qildi. 

O‘zbek olimlari g‘ildirakli transport vositasining harakat trayektoriyasi parametrlarini aniqlash uchun qurilma yasashdi>>

O‘zbek olimlari yana bir ixtiroga qo‘l urishdi. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti olimlari yaratgan ushbu model mashinasozlik va traktorsozlik sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Futbol qiroli Pele 75 yoshda>>

23 oktabr kuni XX asrning eng yaxshi futbolchisi hisoblangan, barchaga Pele nomi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Edson Arantis du Nasimentu 75 yoshga to‘ldi.

Ronaldu brendi dunyo sportchilarining eng qimmatbaho brendlari o‘ntaligida qayd etildi>>

«Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes rasmiy saytida e'lon qilingan 2015 yilda sportchilar orasidagi eng qimmatbaho brendlar reytingida qayd etildi.

Xitoylik erkak o‘z sobiq sevgilisiga o‘xshatgan besh ayolni jarohatladi>>

Xitoyda pichoq bilan ayollarga hujum qilib, ularga orqa tomondan jarohat yetkazgan erkak qo‘lga olindi. 

XXR raisi Britaniyaga tashrifi doirasida “Manchester Siti” jamoasi bazasiga tashrif buyurdi>>

Xitoy xalq Respublikasi prezidenti Si Tszinping bugun Angliyaning «Manchester Siti» klubi qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda «shaharliklar» rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Top