Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lionel Messi: «Men oldimga maydonga aniq bir vaqtda qaytaman deb maqsad qo‘yganim yo‘q»
“Barselona” hujumchisi jarohatlari borasida bir qancha savollarga javob berib o‘tdi.
– Jarohat olganingda nimani his qilding? Boshingdan qanday fikrlar o‘tdi?
– O‘tgan safar bo‘lgani kabi g‘alati hissiyot. Men bu shunchaki oddiy zarba emas, balki jiddiyroq jarohat deb o‘yladim.
– Bugun o‘zingni qanday his qilyapsan?
– Bardam. Tezda oyoqqa turishni istayman. Agar sportchi jarohat olib yotib qolsa, o‘zini juda baxtsiz his qiladi. Yagona chora – oyoqqa turib ketish uchun o‘z ustida ishlash. Men buni jarohat olgan birinchi kunimdayoq qo‘llashga tushganman. Eng muhimi – yuz foizlik tayyor holatga kelish.
– Nima deb o‘ylaysan, o‘yinga qachon qaytasan?
– Tayyor bo‘lganimni aniq bilsam, shifokorlar javob berishadi. Men tuzalish uchun har kuni harakat qilyapman. Ammo aynan qaysidir bir kuni oyoqqa turaman deb oldimga maqsad qo‘ymaganman, – dedi u.