Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada «Hizbut-Tahrir» guruhi yetakchisi hibs qilindi
Moskvadagi meshchanlik sudi «Hizbut-Tahrir» ekstremistik guruhining yetakchi vakilini hibsga oldi. Bu haqda RIA «Novosti» axborot agentligi xabar tarqatdi.
«Sud terrorchilikda gumon qilingan «Hizb ut-Tahrir al-Islomiy» ekstremistik guruhining yetakchisi Mirzobax Qurbonovni hibsga olish bo‘yicha choralar ishlab chiqdi », — deydi mahalliy sud matbuot kotibi Yuliya Bocharova.
Oldinroq, Rossiya IIV Moskvadagi «Hizb ut-Tahrir» guruhi yetakchisi qo‘lga olingani haqida habar bergandi.
«Hizb ut-Tahrir al-Islomiy» guruhiga aloqadorlikda shubha qilingan 100 nafar odam politsiya idorasiga olib kelingan. Maxsus xizmat 22 nafar guruh vakillarini hibsga olgan.