Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:08 / 23.10.2015
2517
1 daqiqa o‘qiladi
Nigeriyada masjidda sodir etilgan portlashdan 10 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyada eng kamida 10 kishi xudkush terrorchining qurboniga aylandi, deya xabar berdi Reuters. Mamlakat shimoli-sharqidagi Borno federal shtatida joylashgan masjidda ro‘y bergan portlash vaqtida 11 kishi jarohat oldi.
Qayd etilishicha, Borno “Boko Xaram” radikal guruhi jangarilarining qadrdon shtati hisoblanadi.
Qo‘shni Niger davlati jangarilar sababli Nigeriya bilan chegarada favqulodda holat joriy etdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish