Jahon | 18:21 / 23.10.2015
2704
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi masjidda sodir etilgan portlash qurbonlari soni 28 nafar bo‘ldi

23 oktabr, juma kuni Nigeriya shimoli-sharqidagi Borno federal shtatining Maydaguri shahrida joylashgan masjidda sodir etilgan portlash tufayli halok bo‘lganlar soni 28 nafarga yetdi. Bu haqda Nigeriya huquq tartibot xodimlariga asoslangan holda AFP xabar bergan.

Ayni vaqtda qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu terakt terrorchi tanasiga o‘rnatilgan bomba harakatga keltirilishi orqali sodir etildi.

Ushbu terakt uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.

Taxminlarga ko‘ra, bu terakt "Boko Haram" jangarilar tomonidan amalga oshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish