18:11 / 23.10.2015
5400

NYT: Tramp AQShdagi masjidlar yopilishini istaydi

AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Donald Tramp amerikalik musulmonlarning g‘azabini keltirmoqda. The New York Times nashrida yozilishicha, u mamlakat hududidagi barcha masjidlarning yopilishi bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlaydi.

U Fox Business Network kanaliga bergan intervyusida "AQShda IShIDga qarshi samarali kurash olib borilishi uchun masjidlar yopilishi kerakmi?" qabilidagi savolga tasdiq javobini qaytargan.

"Men albatta shunday qilinishi kerak deb hisoblayman", deydi siyosatchi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday chora qo‘llash AQSh qonunchiligiga zid emas va hukumat shunday variantni ko‘rib chiqishi kerak.

O‘z navbatida uning bu qarashlari e'tiqod erkinligiga zid ekani aytilmoqda.

"Tramp o‘z sullohligi bilan masjidlarni yopish fikrini bildirmoqda. Uning bu qarashlari Konstituttsiyaga va diniy e'tiqod erkinligiga ziddir", deydi Amerika musulmonlari kengashi vakili Robert Makkau.

Qayd etilishicha, bu Tramp tomonidan birinchi marta musulmonlarning hamiyatiga tegilishi emas.

"Bizning mamlakatimizda bir muammo bor. Bu musulmonlar muammosidir", degandi u o‘tgan oydagi chiqishlaridan birida.

Shuningdek, u boshqa bir chiqishida "musulmonlarni yoqtirishini, uningcha musulmonlar go‘zal odamlar hisoblanishini" aytib o‘tgandi.

Top