Jahon | 19:58 / 23.10.2015
3026
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Fransiyadagi YTH qurbonlari orasida 3 yoshli bola ham bor

23 oktabr kuni Fransiyaning janubidagi Jironda departamentida ro‘y bergan halokatli YTH qurbonlari soni 43 nafar bo‘ldi. Bu haqda ITELE telekanali orqali ma'lum qilindi.

Fransiya janubiga ekskursiya uchun yo‘l olgan pensionerlar mingan avtobus Jironda departamentining Pyuissigen shahri yaqinida yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan va natijada yong‘in chiqib, avtobus ichidagilarning aksari halok bo‘lgandi.

Dastlabki xabarlarda bu hodisa natijasida halok bo‘lganlar soni 49 nafarga yetgani aytilgandi.

"Voqea joyidan 3 yoshli bolaning ham jasadi topilgan", deyiladi telekanal xabarida.
Bolaning jasadi yuk mashinasi kabinasida aniqlangan. Bu bola yuk mashinasi haydovchisining o‘g‘li bo‘lgan. Haydovchi ham voqea joyida vafot etgan.

Ushbu to‘qnashuvdan faqat 5 kishi omon qolgan va ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish