Jahon | 19:17 / 23.10.2015
4794
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Suriyada Eron sobiq prezidenti Ahmadinajotning shaxsiy tansoqchisi halok bo‘ldi

Suriyadagi janglardan birida Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajotga tansoqchilik qilgan Abdulla Bag‘iri Niyaraki halok bo‘lgan. Bu haqda Fars axborot agentligi ma'lum qildi.

Aniqlik kiritilishicha, harbiy maslahatchi sifatida Eronga borgan Abdulla Niyaraki Halab uchun janglardan biri vaqtida o‘qqa uchgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 oktabr kuni Erondan 1000 kishilik harbiy kontingent Suriya hukumatiga IShID bilan janglar uchun yordam berish maqsadida yetib borgan edi.

Birinchi kungi harbiy harakatlardayoq eronlik 3 nafar ofitser halok bo‘lgandi. Bular polkovnik Farhod Hasunzoda, brigada generali Hoji Hamid Muxtorband va general Xoseyn Xamdani edi. Ularning barchasi Islom inqilobi muhofazasi Korpusi a'zolari bo‘lishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish