Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada yo‘l muzlashi sababli 120ta YTH sodir bo‘ldi
23 oktabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani to‘g‘risida 120- xabar kelib tushdi. Ularning 60tasi o‘z tasdig‘i topdi. Avtomobillarga bir oz shikast yetgan, biroq hodisalardan hech kim jabr ko‘rmadi, deya xabar tarqatdi Astana telekanali.
Politsiya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, haydovchilar havoning keskin sovushiga tayyor bo‘lishmagan. Bu esa yo‘llarda ko‘p sonli tirbandliklarni keltirib chiqargan.
YTHlariga oraliq masofaning saqlanmasligi va ko‘plab haydovchilar yozgi g‘ildiraklarni qish uchun mo‘ljallanganlariga almashtirib ulgurmagani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Politsiya haydovchilarga o‘z avtombillari g‘ildiraklarini zudlik bilan almashtirishni tavsiya qilmoqda.