22:53 / 23.10.2015
2973

Pavel Nedved "Yuventus"ning vitse-prezidenti etib tayinlandi

"Yuventus" jamoasi rahbariyati Pavel Nedvedni jamoaning qitse-prezidenti etib tayinlashga qaror qilishdi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Bungacha 43 yoshli Nedved jamoada sport direktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

"Yuventus" jamoasi prezidenti Andrea Anellining qayd etishicha, Nndved keyingi 5 yillik faoliyati davomida jamoa rivoji uchun ko‘p ish qildi vayangi vazifasida ham mas'uliyat bilan ishlay oladi.

"Mening jamoadagi ishimda ko‘p narsa o‘zgarmaydi. Men avvalgidek futbolchilar va murabbiylar bilan hamkorlikda ishlashni davom ettiraman. Har kuni ular bilan futbol maydonida uchrashib, gaplashaman. Maydonda o‘zimni juda qulay his qilaman", deydi Nedved.

Ushbu chexiyalik sobiq futbolchi o‘z faoliyatining asosiy qismini aynan "Yuvenus"da o‘tkazgan. U 2001 yilda jamoa safiga kelib qo‘shilib, futbolchilikni tugatgani 2009 yilgacha shu jamoa a'zosi bo‘lib qolgandi. U 2003 yilda "Oltin to‘p" sohibiga aylangandi.

Ma'lumot uchun, Nedved Chexiya terma jamoasi safida 91 marta o‘yin o‘tkazib, 18ta gol urgan.

Top