Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshaning KH-KIPPER kompaniyasi «O‘zavtotreyler» korxonasi bilan hamkorlik qiladi
21 oktabr kuni Polshaning o‘zi ag‘daruvchi yuk avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «KH-KIPPER» kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.
Ushbu tashrif davomida kompaniya vakillari Samarqandda tashkil etilgan «O‘zavtotreyler» MChJ korxonasida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
1997 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan KH-KIPPER kompaniyasi o‘tgan davr mobaynida sifatli va qulay o‘zi ag‘daruvchi yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropa bozorlarida o‘zining munosib o‘rniga ega hisoblanadi.
Kompaniya mahsulotlarining sifati, mukammal tuzilishi va xavfsiz ishlashi ko‘p yillik mijozlar tomonidan e'tirof etilgan.