Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:44 / 23.10.2015
5870
1 daqiqa o‘qiladi
Putin: Rossiya demokratiyaning emas, NATO harbiy infrastrukturasining ilgari siljishidan xavotirda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining “Valday” klubidagi chiqishida Rossiya demokratiyaning emas, NATO harbiy infrastrukturasining ilgari siljishidan xavotirda ekanligini bildirdi.
“Axir biz chegaralarimizga demokratiyaning kelishiga qarshimizmi? Demokratiya deganda nimani nazarda tutmoqdasiz: NATOning chegaralarimizga kelishinimi? Demokratiya nima? NATO – bu harbiy blok. Biz demokratiyaning emas, NATO harbiy infrastrukturasining ilgari siljishidan xavotirdamiz”, - dedi u.